MUQIMIY ASARLARIDA AHOLINING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI TASVIRI

Avazov Nuriddin Rustam o‘g‘li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Iqtisodiyot fakulteti talabasi

avazovnuriddin@tsue.uz

Annotatsiya:Mazkur maqolada Buyuk O‘zbek shoirlaridan bo‘lgan, Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy hayot yo‘li va asarlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot tasvirlari tahlil qilingan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida aholi hayotida yuz bergan voqealarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari batafsil yoritilgan. Bundan tashqari bu buyuk shoir tamoyillarining bugungi kunda ham mavjudligi va aholi orasida mavjudligi keltirilgan.

Kalit so‘zlar:Muqimiy, Muqimiy asarlari, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, aholining yashash tarzi, davlat boshqaruvi, iqtisodiy qarashlar, aholi farovonligi.

 

Adabiyot chin ma’noda jamiyatning ijtimoiy rivojlanishiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatning ijtimoiy ongini oshirish va uni har tomonlama rivojlantirish – adabiyotga e’tiborning kuchaytirish orqali amalga oshiriladi. Adabiyot ahli turli adabiy asarlari asosida xalqaning ongini, uning dunyoqarashini va xohish-istaklarini tasvirlaydi. Bundan tashqari ko‘plab badiiy asarlar yordamida ma’lum bir davrdagi ijtimoiy – iqtisodiy holatni gavdalantirish va shu davr hayoti haqida xulosalar chiqarish mumkin. Bundan tashqari adabiyot vakillari xalq dardini va idrokini o‘zlarining asarlari orqali ifodalaydi. Hechqaysi boshqa biror omil adabiyotchalik jamiyatning ijtimoiy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsata olmaydi. Jamiyatga, ayniqsa yoshlar ongiga, ma’naviy g‘oylarni singdirish – ularni kelajakda yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Taqsinga sazovor, ibratli hayot yo‘liga ega bo‘lgan, ma’lum davrda jamiyatning shakllanishiga o‘zining katta hissani qo‘sha olgan va xalqning qalbida chukur joy olgan adiblardan biri Muhаmmаd Аminхo‘jа Muqimiydir. Muhаmmаd Аminхo‘jа Muqimiy buyuk adiblardan biri bo‘lib, ibratli hayot yo‘lini bosib o‘tgan. U o‘z asarlarida nafaqat badiiy talqinni yuzaga keltirgan, balki bugungi kun avlodi uchun o’rnak bo‘la oladigan iqtisodiy qarashlarni va davlat boshqaruvi to‘g‘risida o‘z fiklarini bildirgan. Muqimiy moddiy emas, balki ma’naviy boy bo‘lgan insonlardan biri bo‘lgan. Agar uning shaxsiy hayot yo‘liga e’tibor qaratilsa, undan o‘rnak bo‘la oladigan hayot tarzini o‘rganish mumkin. Muqimiy asarlarini o‘rganish asosida shu davrda mamlakatdagi iqtisodiy holatni kuzatish va tahlil qilish mumkin. Asarlarni o‘rganish asosida xatto bugungi kunda ham amaliyotga qo‘llash mumkin bo‘gan iqtisodiy jihatlarni ko‘rish mumkin. Bundan tashqari Muqimiy asarlarida rahbarlarni shaxsiyati va ulardan xalq talab qilayotgan muhim omillarni keltirib o‘tgan. Bu davr og‘ir davr bo‘lishiga qaramasdan, Muqimiy o‘z asarlarida qo‘rqmasdan boshqaruv tizimi va mamlakatda soliq tizimini juda kuchli tanqid qila olgan. Bundan tashqari asarlardan shu davrda mamlakatning geografik holati va hududlarni ijtimoiy holatini o‘rganish mumkin. Aholi turmush darajasi ham asarlarda keltirilib o‘tilgan. Shundan kelib chiqqan holda Muqimiy ijoni o‘raganish va uning keng ommaga targ‘ib qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Muqimiy adabiyotning bir nechta janrlarida ijod qilgan. Uningayniqsa hajviy asarlari tahsinga sazovordir. Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit oʻrtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yoʻnalishni maydonga keltirgan. Bu uning xajviyotida koʻproq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga boʻlinadi. Muqimiyning bu yo‘nalishda juda ko‘p asarlari mavjud. Hajviyoti asosan tanqidiy kulgiga asoslangan bo‘lib, o‘zi yashab turgan davrda jamiyat hayotida mavjud bo‘lgan muammolarni she’riy yo‘sinda gavdalantira olgan. Muqimiy qashshoqlikda hayot kechirib, oddiy odamlar hayotini o‘rgangan. U o‘z asarlarida jamiyatda mavjuda bo‘lgan muammolarni tasvirlagan. Uning asarlari hayotiy bo‘lganligi uchun ham o‘z davrida ham, bugungi kunda ham ta’sir doirasi yuqori hisoblanadi. U hajviyotida asosan o‘zi yashab turgan davrda ijtmoiy-iqtisodiy hayotni tasvirlashga harakat qilgan. Hozirgi kunda ham uning asarlarini o‘rganish asosida, u yaxshab o‘tgan davrda aholining hayot tarziga baho berish mumkin.

Muqimiy o‘z asarlarida o‘zining iqtisodiy qarashlarini ham keltirib o‘tgan. Ayniqsa u o‘z asarlarida shu davrdagi soliq tizimiga katta e’tibor qaratgan. U aholiga yuklanayotgan soliqlar baland ekanligi va buning natijasida aholi hayot tarzi og‘irlashayotganligini o‘z asarlarida tanqidiy ruhda bayon eta olgan. U o‘z asarlari orqali hukumat a’zolarini agar shunday soliqlar aholiga ko‘paytirilaversa, aholi qashshoqlik bilan yuzlashishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Bugungi kunda esa qashshoqlik butun dunyoda global iqtisodiy muammo sifatida qaralmoqda.

Bundan tashqari u o‘z asarlarida bugungi kunda global iqtisodiy muammolardan biri bo‘lgan korrupsiyni ham tanqid qilib o‘tgan. U shu davrda oddiy aholiga zug‘m o‘tkazib, ulardan noqonuniy mablag‘ unduradigan amaldorlarni qattiq tanqid qilib o‘tgan. Shoir hayotda mana shunday adolatsizliklarni ko‘rgandan so‘ng davlat strukturasida ishlamaslikka qaror qilgan. Shuning uchun ham u umrining oxirigacha oddiy odamlarcha hayot keshirib o‘tgan. Uning asosiy maqsadi boylik orttirish yoki yaxshi hayot tarzini shakllantirish emas, balkim u jamiyatga ta’sir o‘tkazishni xohlagan. Yani o‘z asarlari orqali jamiyatni rivojlantirish va mavjud bo‘lgan maummolarni hal etishni maqsad qilib qo‘ygan. Shoir shu yo‘lda butun umrini sarflagan. O‘z zamonasida uning hurmati juda yuqori bo‘lgan va jamiyat a’zolari bu insonni juda yaxshi ko‘rgan. Chunki Muqimiy o‘z fikrlari va yaxshiliklari bilan xalq qalbidan chuqur joy ola olgan shaxs hisoblanadi.

Ayniqsa uning “Tanobchilar” asarida shu davr soliq tizimi haqida fikrlar bildirilgan. Shundan kelib chiqib, Muqimiy o‘z davrida iqtisodiy hayotga befarq bo‘lmaganligini sezish mumkin. Bu asar asosan shu davrdagi soliq tizimi va uning kamchiliklari haqida to‘liq ma’lumotlar berilgan. Ayniqsa, bu davrda soliq bevosita inson omili aralashuvi bilan bo‘lganligi uchun turli kamchilik va muammolar paydo bo‘lgan. Bu asar asosan Muqimiy yashab o‘tgan davrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda xalqning soliqlardan noroziligi va soliqlar yig‘ishda turli ko‘zbo‘yamachiliklar sodir etilishi haqida aytib o‘tilgan. Bu asarda ikkita soliqchining bir qishloqda soliq yig‘ish faoliyati tahlil qilinib, undan xulosalar chiqarilgan.

Muqimiy yashagan davrda soliqlar bevosita soliqchilar tomonidan yig‘ilgan va davlat xazinasiga yetkazilgan. Soliq miqdorlari davlat boshqaruvida faoliyat yuritadigan amaldorlar tomonidan belgilanilgan. Hududlarga belib qo‘yilgan muayyan vakillar soliqlarni yig‘ish bilan shug‘illanishgan. Lekin bu jarayonlarda tushinmovchilik va muammolar juda ko‘paygan. Sabab barcha vakillar ham ishni adolat mezonlariga tayanga holda bajarmagan. Muqimiy esa o‘z asarlarida aynan mana shunday shaxslarni tanqid qilib chiqqan. Shu davrda soliqlarning ko‘payishi sababli oddiy aholi topgan daromadining katta qismini bevosita soliq to‘lashga xarajat qilganlar. Natijada xalq orasida yashash sharoitlari qiyinlashib borgan. Bu davrda xalq asosan qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikka asoslangan holda yashaganlar. Shundoq ham daromad darajasi past bo‘lgan xalqqa yana soliq to‘lovlarining ko‘paytirilishi salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Mazkur hududlarda soliq tizimi shu davrlardan boshlab tashkil etilib boshlangan. To‘g‘ri shu davrda bu tizimda katta muammolar bo‘lgan, lekin keyinchalik bu muammolar sekin-astalik bilan barham berilib, haqiqiy shaffof soliq tiziminig rivojlanishiga xizmat qilgan. Bu rivojlanishda Muqimiy kabi buyuk allomalarning hissasi juda katta hisoblanadi.

Bundan tashqari Muqumiyning yana boshqa asarlarida ham iqtisodiy qarashlarga e’tibor berib ketilgan. Misol uchun u aynan iqtisodiyotga doir bo‘lgan “Veksel” asarini yozgan. Bu davrda mamakat hududiga veksel endi kirib kela boshlagan edi. Dastlabki davrlarda Vekselning noto‘g‘ri qo‘llanilishi oqibati turli tushinmovchilik va jamiyat a’zolari o‘rtasida muammolar paydo bo‘lgan. Bu asarda asosan Vekselning amaliyotga noto‘g‘ri talqin qilinishi va amaldorlar tomonidan veksel munosabatlarining o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatilishi kabi muammolar paydo bo‘lgan. Bularga nisbat Muqimiy ushu asarda o‘z munosabatlarini bilidirib o‘tgan.

Muqimiy hayoti davomida yana bir katta adabiy janrning asoschisi hisoblanadi. Bu janr adabiyotga “Sayohatnoma” nomi bilan kiritilgan. Bu janr deyarli barcha xalqlar adabiyotida mavjuddir. O‘zidа sаyohаt хоtirаlаri vа ulаr bilаn bоg‘liq tаfsilоtlаrni аks ettirgаn nаsriy vа shе’riy аsаrni sаyohаtnоmаdеb аtaladi. “Sаyohаtnоmа” jаnri shаrq аdаbiyotidа, jumlаdаn, O‘zbеkmumtоz аdаbiyotidаo‘zigахоs shаkllаnish vа rivоjlаnish tаriхigаegа. O‘zbеk аdаbiyotidааlоhidа pоetik shаkldа tаrtib tоpgаn,kеyinchаlikаdаbiy аn’аnа tusigа kirgаn bu jаnrning аsоschisiMuqimiydir. Dаrhаqiqаt, Muqimiy “Sаyohаtnоmа”lаrimаydоngа kеlib, хаlq оrаsidа mаshhur bo‘lgаnidаn kеyin, хuddishu uslubdа Zаvqiy, Furqаt, Таjаlliy vа shоirgа zаmоndоshbоshqа ijоdkоrlаrning “Sаyohаtnоmа”lаri yarаtildi. Bu dаvrdаgi “Sаyohаtnоmа”lаr ko‘pinchа shе’riy shаkldа yarаtilgаn. Ulаrningichki tuzilishi quyidаgichа:

  1. Kirish, ya’ni sаyohаtgа chiqish ehtiyoji, sаbаblаri аytilаdi.
  2. Yo’l хоtirаlаri bаtаfsil bаyon etilаdi.
  3. Sаyohаtlаrdаn muаyyan хulоsаlаr chiqаrilаdi.

Muqimiy sahohatnomalari asosan uch qismga bo‘linadi. Bularning birinchisi Qo‘qondаn Shohimаrdongа bo‘lgan sayohat xotiralari hisoblanadi. Bundan Muqimiy Qo‘qondan boshlangan sayohati Shohimardonda tugaydi va u safar sarguzashtlarini yozib qoldiradi. Ikkinchisi Qo‘qоndаn Fаrg‘оnаgаcha bo‘lgan sayohatining taassurotlari hisoblanadi. Bundan u Qo‘qondan Farg‘onagacha bo‘lgan yo‘lda bo‘lib o‘tgan voqealarni tasvirlaydi. Uchinchisi esa Qo‘qоndаn Isfаrаgа bo‘lga sayohatda ko‘rgan va bilgan narsalarini tasviri hisoblanadi. Bundan shoir Qo‘qondan boshlangan sayohati Isfarada tugaydi va u barcha taasurotlarini jamlagan holda bu asarida keltirib o‘tadi.

Bu Sayohatnomalarida Muqimiy o‘zi yashab o‘tgan davrda turli hududlarning geografik joylashuvi va bu hududlarda aholining hayot tarzini keltirib o‘tgan. Bu asari uning sayohatlariga asoslangan bo‘lib, u barcha yo‘l xotiralarini keltirib o‘tgan. Yo‘l davomida Muqimiy barcha hududlarga kirib o‘tar ekan, birinchi o‘rinda bu hududdagi aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati va hududning geografik joylashuvini keltirib o‘tgan. Bu asar asosida hududlarning tarixiy holatini tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari Muqimiy o‘zi tashrif buyurgan hududlarda aholining urf-odat va an’analari ni keltirib o‘tgan. U hududlarning boshqaruv tizimiga ham o‘z e’tiborini qaratgan.

Xulosa qilganda, Muqimiy o‘z asarlarida o‘zi yashab o‘tgan davrning ijtimoiy-iqtisodiy holati haqida ma’lumot bera olgan. Bundan tashqari u o‘z davrida adolatparvarlardan biri bo‘lgan va jamiyatdagi turli illatlarni har doim tanqid qilib kelgan. U uchun o‘zining yaxshi yashashi emas, balki jamiyat farovonligi birinchi o‘rinda turgan. U xalq qadriyat va ana’analarini hurmat qilgan va o‘z davrida oddiy inson bo‘lib, xalq orasida katta hurmatga ega bo‘lgan shaxslardan biri bo‘lgan. Uning hayot yo’li insonlar uchun o’rnak sifatida qarash mumkin. Chunki u har doim adolat tarifida bo‘lgan va jamiyat rivojlanishiga hissa qo‘shishga harakat qilib yashagan. Shundan kelib chiqqan holda Muqimiyning hayotini va asarlarini nafaqat O‘zbekistonda balkim butun dunyoda keng jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa yoshlar tarbiyasida Muqimiy tamoyillargi tayanish orqali yaxshi natijaga erishish mumkin.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. G’ulom Karimov., “Muqimiy”, T.: «Ma’naviyat». 2009.
  2. Yoqubov H., Oʻzbek demokrat shoiri Muqimiy, T., 1953.
  3. Zarifov H., Muhammad Amin Muqimiy, T., 1955.
  4. Karimov F., Muqimiy. Hayoti va ijodi, T., 1970.
  5. Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. 3-kitob, T.. 1975.
  6. Karimov Gʻ. Muqimiy hayoti va ijodi. T., 1970.
  7. Ahmedov S. Oʻzbek adabiyotida “Sayohatnoma”. , 1986.
  8. Ahmedov S. Oʻzbek demokratik adabiyotida sheʼriy hikoya. , 1987.
  9. Karimov F., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 3kitob, T., 1966, 1975, 1987.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *